Gattuzo: «O‘z o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak»

Italiyalik mutaxassis, hozirda «Marsel» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Fransiya chempionatining 7-turi doirasidagi «Monako»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.

Provansliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Mag‘lubiyatdan keyin ijobiy his-tuyg‘ularga ega bo‘la olmaymiz. Jamoa ancha yaxshi o‘ynashi kerak. Biz «Monako»dan uch gol o‘tkazib yubordik, ulardan qochishimiz mumkin edi.

Biz o‘z o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, aks holda kelajakda qiyin bo‘ladi», – dedi Gattuzo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter