«Arsenal» yarim himoyachisi: «Oltin to‘p»ni Yamal olishi kerak»
Angliyaning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Itan Nvaneri «Oltin to‘p»ni qaysi futbolchi olishga eng munosib ekanligi haqidagi savolga javob berdi.
«Oltin to‘p»ni kim yutishi kerak? Lamin Yamal. Nima uchun? Chunki men uning o‘yinlariga asoslanib shunday xulosaga keldim. Ko‘rganlarimga ko‘ra, u bu mukofotga loyiqdir», – deya Nvanerining so‘zlarini BarçaTimes keltiradi.
Joriy mavsumda Ispaniya milliy terma jamoasi va «Barselona»ning 18 yoshli futbolchisi 3 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 3 ta golli uzatma bergan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda Yamal 55 ta o‘yinda 18 ta gol urib, 25 ta golli uzatma bergan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/