Albiol Yamal «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerakligini aytdi
Albiol «Oltin to‘p»ni Dembele yoki Mbappe emas, Yamal olishi kerakligini aytdi.
– «Oltin to‘p» Yamalga berilishi kerakmi?
– «Oltin to‘p» Yamalga berilishi kerak.
– Agar Dembele klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqsa?
– Lamin baribir «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak.
– Agar Mbappe klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylansa va «Real Madrid» turnirda g‘olib chiqsa?
– Lamin.
– Har qanday holatda ham Laminmi?
– Ha, – dedi «Real»ning sobiq himoyachisi Raul Albiol.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/