Xyoysen «Real»ga o‘tganidan keyin hayoti qanday o‘zgarganini so‘zlab berdi
Madridning «Real» klubi futbolchisi Din Xyoysen Ispaniya top-klubiga o‘tishi uning kundalik hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirib berdi.
«Qaymoqlilar» joriy yilning yoz boshida kelib chiqishi niderlandiyalik bo‘lgan istiqbolli ispaniyalikni Angliyaning «Bornmut»idan sotib olishdi. Transfer qiymati 60 mln yevrodan oshdi.
«Real»ga o‘tganimdan beri nimalar o‘zgardi? Endi meni hamma taniydi. Ba’zida ko‘chada meni tanib qolmasliklari uchun kepka yoki ko‘zoynak taqaman, ammo bu har doim ham yordam bermaydi,» – dedi 20 yoshli markaziy himoyachi Marca bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/