Ko‘chirmachi Syurix klubi

Shveysariyaning mahalliy to‘rtinchi divizionida to‘p tepadigan Syurix klubini futbol plagiati qiroli deb atash mumkin.

Birinchidan, nomning o‘zi bunga ishora qiladi – «Yuventus yoshlari». Lekin negadir bu klub  “Barselona”ning formasini yaxshi ko‘radi.

Bu mavsum uchun ular tanlagan libos «Barselona»ning 2022/2023 yilgi mavsumida foydalangan uchinchi libosining aniq nusxasidir.

Faqat homiy nomi o‘zgartirilib, tegishli emblema yopishtirilgan. Klub vise-prezidenti Pyero Bauyer kataloniyaliklardan ularning formasidan foydalanish uchun ruxsat so‘raganini aytdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter