«Liverpul» akademiyaning 16 yoshli futbolchisi tufayli katta transferdan voz kechishi mumkin
«Liverpul» yangi chap qanot vingeri sotib olishdan voz kechish haqida o‘ylamoqda. 16 yoshli Rio Ngumoxa mavsumoldi o‘yinlarida yorqin o‘yin ko‘rsatdi – endi klub unga rasmiy o‘yinlarda imkoniyat berishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, jurnalist Pol Joysning yozishicha, mersisaydliklar murabbiylar shtabi yosh iste’doddan shu qadar hayratga tushishganki, uning o‘rniga yangi qimmatbaho futbolchini olib kelish o‘z ma’nosini yo‘qotishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolya va «Lion» vingeri Malik Fofanaga qiziqish bildirayotgan edi.
Ayni damda Rio Ngumoxa rasmiy o‘yinlarda atigi bir marta maydonga tushgan. APL-2025/26 1-turidan o‘rin olgan «Bornmut»ga qarshi o‘yinda vunderkind zaxira o‘rindig‘ida qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/