64 o‘yin – 65 gol: Xarri Keynning Bundesligadagi rekord natijasi

Xarri Keyn «RB Leypsig»ga qarshi o‘yinda (6:0) uchta gol urdi.

Ushbu o‘yin Bundesliganing 1-turi doirasida bo‘lib o‘tdi.

«Bavariya» hujumchisining Germaniya chempionatida 64 ta o‘yinda 65 ta goli bor. Bu ko‘rsatkich 32 yoshli angliyalik futbolchi 2023/24 yilgi mavsum oldidan Myunxen klubiga o‘tganidan beri Yevropaning kuchli beshlik ligalaridagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Keynga eng yaqin ta’qibchisi bu davrda 59 ta gol urgan.

Keyn Bundesligadagi faoliyatida 8-xet-trikini qayd etdi. Uning 10 mavsum APLda ham xuddi shuncha xet-triki bor edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter