«Manchester Yunayted» Garnacho uchun kurashga APLning yana bir top-klubi qo‘shilishini kutmoqda

«Manchester Yunayted» vingeri Alexandro Garnachoni raqobatchilariga sotishga tayyor. 21 yoshli argentinalik uchun asosiy da’vogar «Chelsi» bo‘lib turibdi va futbolchining o‘zi ham «ko‘klar» safiga o‘tmoqchi. Give Me Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «qizil iblislar» rahbariyati Garnacho uchun kurashda «aristokratlar»ga raqobatchi «Tottenxem» bo‘lishiga umid qilmoqda. Da’vogarlardan hech biri hozircha mankunianliklar talab qilayotgan summani to‘lashga tayyorligini bildirmadi.

Alexandro Garnachoning Transfermarkt bo‘yicha narxi 45 mln yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter