«Manchester Yunayted» va «Chelsi» o‘zaro hujumkor futbolchilar almashishi mumkin

«Manchester Yunayted» «Chelsi» forvardi Kristofer Nkunkuga da’vogarlik qilmoqda.

«Ko‘klar» fransiyalik futbolchini joriy transferlar davrida sotib yuborishni mo‘ljallamoqda, 27 yoshli futbolchining o‘zi ham o‘yin amaliyoti yetishmasligi sababli jamoani tark etmoqchi. Nkunkuning transferiga «qizil iblislar» qiziqish bildirmoqda, TEAMtalk xabariga ko‘ra, ular o‘z vingeri Alexandro Garnachoni transferga qo‘shishga tayyor. 21 yoshli argentinalik futbolchi bilan ham vaziyat shunga o‘xshash: u «MYU»ning rejalariga kirmaydi va «Chelsi» anchadan beri da’vogarlardan biri sifatida tilga olinadi.

Kristofer Nkunku uchun kurashda «Bavariya» ham ishtirok etmoqda. Transfermarkt saytidagi futbolchining narxi – 35 mln yevro, Alexandro Garnachoning narxi – 45 mln.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter