«Chelsi» yana yangi hujumchi sotib oladi
Londonning «Chelsi» klubi tarkibni yangi forvard bilan kuchaytirishi mumkin. «Brayton» hujumchisi Xulio Ensiso «aristokratlar» rahbariyatining qiziqishlari doirasida.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tomonlar muzokaralar olib borgan va kelishuvga erishgan. Paragvaylik futbolchi uchun «ko‘klar» «chaykalar»ga 20 million yevro to‘laydi. Londonliklar yangi futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolaydi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida paragvaylik «Ipsvich» klubida ijara asosida o‘ynadi. Hujumchi 25 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/