Fabregas «Chelsi»ga qanday futbolchi yetishmayotganini ochiqladi

Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Sesk Fabregas rahbariyat birinchi navbatda qaysi pozisiyani kuchaytirishi kerakligini aytdi.

«Chelsi»da juda ko‘p iqtidor bor, lekin ular o‘zlarining eng yaxshi formasiga ega bo‘lishlari kerak. Bu shunchaki taktikada emas. Jamoa optimal boshlang‘ich tarkibni topishi kerak. Hozirda «Chelsi»ga bir hujumchi yetishmayapti. Bungacha jamoada Didye Drogba, Nikolas Anelka, Diyego Kosta kabi hujumchilar bor edi. Ular to‘pni darvozaga qanday kiritishni bilishardi. Hozir klubda bunday futbolchi yo‘q», – dedi Fabregas.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Chelsi»ning hujumchi chizig‘iga ikki nomzod – «Brentford» hujumchisi Ayvan Toni va «Napoli» to‘purar Viktor Osimxen.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter