«Roma»ning yangi futbolchisi ilk mashg‘ulotidayoq jarohat oldi

Hujumkor yarim himoyachi Leon Beyli «Aston Villa»dan kecha «Roma»ga ko‘chib o‘tdi. A Seriya klubi yamaykalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan APL vakilidan ijaraga oldi.

28 yoshli Beyli uchun «Roma»dagi faoliyati yaxshi boshlanmadi. Birinchi mashg‘ulotdayoq futbolchi jarohat oldi. Leonning mushaklarida muammolar paydo bo‘ldi. Shikastlanish qanchalik jiddiyligi hali noma’lum. Yaqin vaqt ichida futbolchi tekshiruvdan o‘tadi. Bularning barchasi haqida jurnalist Janluka di Marsio o‘z saytida hikoya qiladi.

Italiya chempionatining 1-turida «Roma» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qiladi. O‘yin 23 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter