Taremi asosiy jamoa tarkibiga sig‘mayapti
Huquqlari «Milan Inter» klubiga tegishli bo‘lgan 33 yoshli hujumchi Mehdi Taremi «neradzurrilar» yoshlar jamoasiga o‘tdi.
Bu haqda Sky Sports Italia nashri xabar bermoqda. Manbaning xabar berishicha, eronlik hujumchi asosiy jamoaning yangi bosh murabbiyi Sebastyan Kivu uning xizmatlariga qiziqmayotgani bois ayni damda yoshlar bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
2024/2025-yilgi mavsumda Mehdi Italiya A seriyasining 26 ta o‘yinida qatnashib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Taremining «Milan» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/