Nevill «MYU»ning imkoniyatlarini yuqori baholashda davom etadi
Gari Nevill Premyer-liga joriy mavsumining favoritlarini aytdi.
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisining fikricha, mavsumning kuchli uchligiga «Manchester Siti», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» kiradi.
«Men sakkiz yildan beri ekspert bo‘lib ishlayapman va har mavsumda «Manchester Yunayted»ni kuchli to‘rtlikka kiritaman!
«Mankunianliklar»ning «Arsenal»ga qarshi o‘yinini juda yaxshi deb baholadim.
O‘ylaymanki, «Manchester Yunayted»ning shunday o‘yinchilari Chempionlar ligasi va Yevropa ligasisiz ham barchani hayratda qoldiradi.
Agar ular butun mavsumda «Arsenal»ga qarshi o‘ynagandek harakat qilsa, ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozonishi mumkin.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, yevrokuboklar va unga qo‘yiladigan barcha talablarni hisobga olsak, “Chelsi”ga oson bo‘lishiga ishonchim komil emas”, — dedi Gari Nevill.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/