Nevill: «Rays yoki Rodri bilan «Liverpul» chempionlik uchun kurashar edi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill «Liverpul»ning joriy Angliya chempionatidagi istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassis mersisaydliklarning ajoyib darvozaboni va kuchli hujum chizig‘iga ega ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Nevill «qizillar»ning himoyasi va yarim himoyasiga shubha qilib, Yurgen Klopp jamoasi «Arsenal» va «Manchester Siti» bilan chempionlik unvoni uchun kurashish oson bo‘lmasligi haqida fikr bildirdi.

«Agar Deklan Rays yoki Rodri «Liverpul»da bo‘lganida klub albatta chempionlik uchun kurash olib boradi, deb aytgan bo‘lardim. Lekin hozirgi holatda ularning yarim himoya va himoyasi qanday holatda ekani noaniq», – deya Nevill so‘zlarini keltirmoqda Mirror.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter