“Inter” futbolchisi uchun qoniqarli summa taklif qilinmadi

Italiya terma jamoasi va Milanning “Inter” klubi himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliya premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda La Gazette dello Sport nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Londonning “Chelsi” klubi futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan, ammo milanliklar yetakchi futbolchisini sotishdan bosh tortgan. “Aristokratlar” Alessandro uchun 50 million yevro taklif qilishgan, biroq bu pul “neradzurrilar” rahbariyatiga to‘g‘ri kelmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter