Remsi «Nyukasl»ga o‘tishi haqida: «Bu men uchun oldinga tashlangan katta qadam bo‘ldi»

Yarim himoyachi Jeykob Remsi «Nyukasl»ga o‘tishi haqidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. Oldinroq, «qarg‘alar» matbuot xizmati futbolchining «Aston Villa»dan o‘tganini rasman e’lon qilgandi.

«Bu yerda ekanligimdan xursandman. Oxirgi ikki-uch kun aqldan ozgan kun bo‘ldi, lekin men juda xursandman va ish boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Bu men uchun katta qadam» – dedi Remsi klub matbuot xizmatiga.

Futbolchi o‘ziga bo‘lgan shaxsiy qiziqishni murabbiydan bilgach, darhol transferga rozi bo‘lganini ta’kidladi. Remsining «Nyukasl»dagi debyuti 25 avgust kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Shu kuni Eddi Xau shogirdlari «Liverpul» bilan Premyer-liganing 2-turida o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter