Gvardiola Grilishning «Everton»ga o‘tganiga munosabat bildirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Jek Grilishning jamoani tark etishiga izoh berdi. Xabaringiz bor, Grilish «Everton»ga ijara asosida o‘tgan edi.
«Everton» kabi klubda unga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Umid qilamanki, Jek u yerda o‘zini ko‘rsatadi. Shunday qilsak, unga yaxshi bo‘ladi, deb o‘yladik. U o‘ynashi kerak,» – dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
APL 1-turida «Manchester Siti» safarda «Vulverxempton»ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 16 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/