«Manchester Siti» o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish uchun ijara takliflarini qabul qilmoqchi emas. Bu haqda talkSPORT nashri ma’lum qildi.

Grilish mavsumni ochig‘i zaif o‘tkazmoqda va bu fonda futbolchiga «Tottenxem» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Biroq, «Manchester Siti» 29 yoshli Jekni ijaraga qo‘yib yubormaydi.

Jek Grilish «Aston Villa» tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2021 yilning avgustida Birmingem klubi futbolchini «Manchester Siti»ga taxminan 117 million yevroga sotdi. Jek Grilish joriy mavsumda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter