«Nottingem» Xatchinsonni 37 mln funtga sotib olmoqda

Omari Xatchinson «Nottingem Forest»ga o‘tishga yaqin turibdi. «Ipsvich» 21 yoshli hujumkor yarim himoyachini 37 million funtga sotishga kelishib oldi.

Futbolchi «Nottingem» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda Omari Xatchinson APLning 31 o‘yinida 3ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter