«Chelsi» vingeriga ko‘plab Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda

Londonning «Chelsi» klubi vingeri Omari Xatchinsonga Angliya va Yevropaning ko‘plab klublari qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, yosh ingliz futbolchisi ijara asosida «Ipsvich»dagi o‘yinlari bilan boshqa klublarni hayratga sola olgan.

Joriy chempionatda Xatchinson 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etilishicha, “Chelsi” Xatchinson bilan bog‘liq vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda. Katta ehtimol bilan angliyalik futbolchi keyingi mavsumda kuchliroq jamoaga ijaraga beriladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter