Sobiq futbolchi: «Safonov mehnatkash yigit»
Sobiq futbolchi Ivan Taranov darvozabon Matvey Safonovning «PSJ»dagi istiqboliga baho berdi.
Yaqinda parijliklar tarkibi darvozabon Lukas Shevalye bilan to‘ldirildi. «Safonovning mashg‘ulotlariga ko‘ra, Matvey «PSJ»da birinchi raqamli bo‘lishga intilayotgani aniq.
Bu juda muhim. Men unga har tomonlama bunga erishishini tilayman. Shaxsan men Matveyga ishonaman, chunki u mehnatkash yigit», – deya Taranovning so‘zlarini keltiradi «Chempionat».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/