Insayder Romano Safonovning holati haqida gapirdi

Nufuzli insayder Fabrisio Romano rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning holatiga baho berdi. Oldinroq futbolchining «Krasnodar»dan «PSJ»ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Sababi, darvozabonning alimentdan qarzi bor.

«PSJ»ning pozisiyasi o‘zgarmadi. Klub yaqin orada Matvey Safonov ularning yangi darvozaboni bo‘lishiga ishonmoqda», – deb yozadi Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

Matvey Safonov 25 yoshda. Transfermarkt portali mutaxassislari rossiyalik darvozabonni 20 million yevroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda Safonov 30 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter