“Real” ertaga yangi futbolchisini tanishtiradi

14 avgust, payshanba kuni Madridning “Real” klubi o‘zining yangi futbolchisi, argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuononi rasman tanishtiradi.

Tadbir 16:00da boshlanadi. Avvaliga klub prezidenti Florentino Peres futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolash marosimini o‘tkazadi, shundan so‘ng yangi kelgan futbolchi «Santyago Bernabeu»da muxlislar va jurnalistlar qarshisiga chiqadi.

Mastantuono «Real» uning tovon puli 45 million yevroni faollashtirganidan so‘ng «River Pleyt»dan «Los-Blankos»ga o‘tdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter