«Roma» «Siti» xavbekini qo‘lga kiritish umidini butkul yo‘qotmagan

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Klaudio Echeverri jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, «Roma» 19 yoshli argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yana bir bor urinib ko‘rishga tayyor, ammo «Man Siti» shu paytgacha italyan klubining barcha takliflarini rad etib kelayotgan edi.

Echeverrining «Man Siti» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. U 2024 yilning yanvarida 2025 yilning yanvarigacha «River Pleyt»da ijara asosida qolish sharti bilan shartnoma imzolagan. Shundan so‘ng, u shu yilning qishida «shaharliklar» safiga kelib qo‘shildi.

Uning hisobida ingliz klubi safida 3 ta o‘yinda 1 ta gol bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter