«Siti»ning argentinalik futbolchisi A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

Italiyaning «Roma» klubi Angliyaning «Manchester Siti» klubidan argentinalik hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri transferini ko‘rib chiqmoqda.

Rimliklar 19 yoshli futbolchini kelasi yili sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi.

«Siti» Echeverrining transferi uchun Argentinaning «River Pleyt» klubiga 18,5 mln yevro to‘lagan. Klaudio hozircha «shaharliklar» safida atigi uchta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter