«Manchester Yunayted» Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi
«Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Mark Gexi Premyer-liganing yana bir grandi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Yaqinda «burgutlar» rahbariyati 25 yoshli futbolchini kelasi yili, amaldagi shartnoma muddati tugagach, tekinga qo‘yib yuborishni istamagani uchun uni sotishga majbur bo‘lishini tasdiqladi. Jurnalist Stiv Keyning yozishicha, «Manchester Yunayted» Gexi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan. «Qizil iblislar» asosiy da’vogar sanalgan «Liverpul» bilan futbolchi uchun kurashishi kerak bo‘ladi.
Mark Gexining Transfermarkt portalidagi narxi – 45 mln yevro. Yaqinda markaziy himoyachi «Kristal Pelas»ga Angliya Superkubogi finalida «Liverpul»ni mag‘lub etishga yordam berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/