Dubl qayd etgan Ronaldu sukut saqlaydi
Krishtianu Ronaldu o‘yinlardan so‘ng (ayniqsa, muvaffaqiyatli o‘yinlar) muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda postlar joylab turadi.
Yakshanba kuni forvard «Almeriya»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Shunga qaramay, Ronaldu o‘z sahifalarida sukut saqladi. 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli Krishtianuning kayfiyati yaxshi emasdir balki.
O‘rtoqlik o‘yinlarida odatda natija birinchi o‘rinda turmaydi, ammo Ronaldu hammamizga ma’lumki, har doim va hamma joyda maksimalist.
Aytish kerakki, o‘tgan mavsumda Ronaldu «An-Nasr»ning mag‘lubiyatlaridan keyin ko‘pincha post yozmasdi. Lekin istisnolar bor edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/