MMA rahbari pichoqlab ketildi
Oltoy Respublikasining Ust-Koksinskiy tumanida to‘yda sodir etilgan qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar beradi Tog‘li Oltoy bo‘yicha Tergov boshqarmasining Telegram-kanalida.
Qurbonning ismi ko‘rsatilmagan, xabarlarga ko‘ra, Oltoy Respublikasi MMA federasiyasi rahbari Aleksey Kalbukov pichoqlangan.
Voqea 7 avgust kuni Tyungur qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xonadonlardan birining hududida to‘y marosimi chog‘ida mast holatda bo‘lgan gumonlanuvchi mehmonlardan biri bilan janjallashib qolgan.
U stolda o‘tirgan kishining yoniga kelib, pichoq bilan uning ko‘kragiga urgan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Tyungur shahrida yashovchi 74 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olindi va yaqin kunlarda unga nisbatan jinoiy ish ochiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/