«Tottenxem» futbolchisi gaz ishlatgani uchun diskvalifikasiya qildi
«Tottenxem» yarim himoyachisi Iv Bisuma APLning yangi mavsumidagi ilk uchrashuvida jamoasiga yordam bermaydi. Futbolchi vaqtinchalik diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Hammasi Bissuma havo sharidan mast qiluvchi gazdan nafas olayotgani aks etgan videoni e’lon qilganidan boshlandi. Shundan so‘ng 27 yoshli futbolchi uzr so‘radi, ammo bu yetarli bo‘lmagandek tuyuldi. Buning sababi, Buyuk Britaniyada bunaday gaz yoki NOS C sinfidagi dori sifatida tasniflanadi va 2023 yildan boshlab undan ko‘ngilochar maqsadlarda foydalanish jinoiy huquqbuzarlik bo‘lib, maksimal ikki yillik qamoq jazosini o‘z ichiga oladi.
«Tottenxem» tergov olib bormoqda va Iv Bissuma 19 avgust kuni APL doirasida «Lester»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/