«Barsa» Kristensen bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
«Barcelona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish ustida ish olib borishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Inigo ketganidan keyin uning jamoadagi pozisiyasi o‘zgardi. Agar u jarohat olmasa va yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, Flik jamoasida ko‘proq o‘ynaydi.
Rahbariyat shoshilmaydi; transfer oynasi yopilishi bilanoq muzokaralar boshlanadi. Klub uni tekinga ketib qolmasligi uchun shartnomani uzaytirmoqchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/