Kristensen «Barselona»dagi holatidan norozi
«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamoqda.
Daniyalik avgust oyidan beri maydonga tushmayapti. U La Liganing 1-turida «Valensiya»ga qarshi o‘yinda jarohat olganidan so‘ng yanvar oyida tuzalib ketgandi. 28 yoshli futbolchi so‘nggi uchta qaydnomaga kiritildi, ammo bir daqiqa ham maydonga tushmadi – barcha holatlarda Xans-Diter Flik uni zaxirada qoldirdi. Catalunya Radio xabariga ko‘ra, markaziy himoyachi o‘yin vaqti kamligi sababli qishki transfer oynasida ketishni o‘ylamoqda.
Andreas Kristensenning «Barselona» bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari tomonidan 20 million yevroga baholangan futbolchiga qiziqish «Manchester Yunayted» tomonidan bo‘lmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/