Anchelotti: «Modrich o‘zi xohlagancha o‘ynashi kerak»
«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 25-turida «Jirona»ga qarshi o‘yin (2:0) haqida fikr bildirdi. Ushbu bahsda Luka Modrich gol urdi va murabbiy uning o‘yinini yuqori baholadi.
«Modrich futbol uchun haqiqiy sovg‘a. U o‘zi xohlagancha o‘ynashi kerak. U o‘z ishini juda yaxshi bajaradi. Biz bunday afsona bilan ishlash imkoniga ega ekanimiz katta omad.
Mening jamoamda 40 yoshgacha o‘ynagan yana bir futbolchi bo‘lgan — Paolo Maldini. U bilan Modrichni solishtirish mumkin, chunki ikkalasi ham ideal futbolchi qanday bo‘lishi kerakligining yorqin namunasi. Ular tasodifan 40 yoshgacha maydonga tushmagan. Bu yerda genetika ham muhim, ammo eng asosiysi — ishga bo‘lgan munosabat va mehnatsevarlik», — dedi Anchelotti.
Modrich 2012 yildan buyon «Real» safida to‘p tepmoqda. U shu paytgacha jami 574 o‘yinda ishtirok etib, 43 gol urgan va 92 assist qayd etdi.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/