«Bayer» darvozaboni «Monako» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
Leverkuzenning «Bayer» klubi darvozaboni Lukash Gradeski faoliyatini «Monako»da davom ettiradi.
35 yoshli finlyandiyalik golkiper bugun fransuz klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kelishuv deyarli yopildi.
Gradeski transferi «Monako»ga 2,5+1 million yevroga tushadi. Shartnoma 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/