Lukman «Atalanta» bazasiga bormadi
Ademola Lukman rejalashtirilgan individual mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi.
«Inter» qiziqish bildirayotgan «Atalanta» hujumkor yarim himoyachisi 4 avgust kuni jamoa bazasiga mashg‘ulot o‘tkazish uchun kelmadi.
Futbolchi taxminan ikki hafta oldin mushak jarohatidan keyin tiklanish dasturi doirasida individual mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.
Bergamo klubi hozircha xavbekka nisbatan hech qanday intizomiy chora ko‘rishni rejalashtirmayapti, ammo uning xatti-harakatlaridan hafsalasi pir bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/