«Real» tibbiy shtabni isloh qilmoqda

Madridning «Real» klubi o‘tgan mavsumdagi ketma-ket jarohatlardan so‘ng tibbiy shtabda bir nechta o‘zgarishlar qilishga qaror qildi.

The Athletic portaliga ma’lum bo‘lishicha, bu qarorga xodimlar o‘rtasida ko‘plab ichki nizolar ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Yaqin haftalarda yangi kadrlar o‘zgarishi yuz berishi mumkin.

Shifokorlar jamoasiga 2021 yildan beri «Real»da faoliyat yuritayotgan Felipe Segura rahbarlik qiladi. Shuningdek, «Granada»dan Manuel Arroyo ham jamoaga jalb qilingan. Daniel Rosado va Xayme Abaskal shtabda qolmasligi taxmin qilinmoqda.

«Real»ning yangi mavsumi 19 avgust kuni «Osasuna»ga qarshi o‘yin bilan boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter