«Real» «Bavariya» darvozabonining o‘g‘li kasallikdan vafot etganiga munosabat bildirdi
«Bavariya» darvozaboni Sven Ulrayxning oilasida dahshatli fojia yuz berdi. Futbolchining o‘g‘li kasallik bilan kurashib olti yoshida vafot etgan. Voqeaga Madridning «Real» klubi munosabat bildirdi.
«Real», klub prezidenti va direktorlar kengashi «Bavariya» futbolchisi Sven Ulrayxga o‘g‘lining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiradi. Shuningdek, uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Ruhi shod bo‘lsin», – deyiladi «qaymoqranglilar» xabarida.
Sven Ulrayx yakshanba kuni 37 yoshga to‘ladi. «Bavariya» safida darvozabon 103 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 117 ta gol o‘tkazib yuborgan. «Bavariya» yangi mavsumning ilk o‘yinini 16 avgust kuni Germaniya Superkubogi doirasida «Shtutgart»ga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/