Ouen «Manchester Siti»ning APLda chempion bo‘lishiga ishonmayapti

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, klublar miqyosida «Real» va «Liverpul»da o‘ynagan Maykl Ouen «Manchester Siti»ning Premyer-liganing keyingi mavsumidagi imkoniyatlarini baholadi.

«Jamoada ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi. Klub so‘nggi paytlarda tarkibni jiddiy o‘zgartirdi, hozir «shaharliklar»ni tanib bo‘lmayapti. O‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun ularga vaqt kerak bo‘lsa kerak. Kelgusi mavsumda ular chempion bo‘lishi dargumon,» – deya izoh berdi Maykl Metro nashriga bergan intervyusida.

2024/2025 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. «Liverpul» chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter