Ouen Sautgeytning qaroridan norozi bo‘ldi
Maykl Ouen Markus Reshfordning Yevro uchun tarkibga kiritilmaganidan norozi bo‘ldi.
Avvalroq Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi «Manchester Yunayted» hujumchisini Yevro-2024 uchun kengaytirilgan tarkibga kiritmagandi.
«Garet Sautgeyt Markus Reshfordni qaydnomadan tashqarida qoldirganidan juda hayron qoldim. Ha, u o‘z standartlaridan pastroq mavsum o‘tkazdi, ammo Yevro turnir futboli boshqacha va u har doim Angliya libosida ishonchli o‘ynagan.
Bizda iqtidorli hujumkor o‘yinchilar ko‘p, ammo Reshforddagi tezlik juda kam uchraydi», – deydi “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq forvardi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/