«Real» kelasi yozda himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin

Germaniyaning Bild nashri manbalariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati va markaziy himoyachi Antonio Ryudiger o‘rtasida shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar hali boshlanmagan.

Ma’lumki, «Real» 32 yoshli germaniyalik futbolchiga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmayapti

Qayd etilishicha, klub Ryudigerni qadrlaydi, biroq ular mavsum oxiridagina qabul qilinadigan qarorga shoshilishmayapti.

O‘tgan mavsumda Antonio Ryudiger «Real Madrid» safida barcha turnirlarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter