Ryudiger nima uchun bunaqa familiya berilgan?

Antonio Ryudiger o‘ziga nima uchun shunday nom berilganini aytdi. 

Bild gazetasining xabar berishicha, ota-onalar ispaniyalik aktyor, besh karra “Oltin globus” sovrindori Antonio Banderas sharafiga “Real” va Germaniya terma jamoasining bo‘lajak himoyachisini shunday nomlashgan. Futbolchining otasi Banderasning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchining o‘zi bu haqda gapirgandi.

“Mening ismim Antonio, chunki bu ism otamga yoqdi va u menga bu ismni bergan. Bu aktyor Antonio Banderas tufayli unga yoqdi.

Rostini aytsam, men uni tanimayman. Men uning filmlarini bilaman, lekin rostini aytsam, ularni ko‘rmaganman”, deb tan oldi Ryudiger.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter