Messi mojaro markazida qoldi

«Inter Mayami» sardori Lionel Messi «Atlas»ga qarshi o‘yinda hissiy epizod markazida qoldi.

O‘yin lahzalaridan birida argentinalik va raqib yarim himoyachisi Serxio Ernandes yuzma-yuz keskin fikr almashishdi.

Bahsning qizg‘in pallasida 38 yoshli Messi qo‘lini raqibining boshiga qo‘yib, uning yuziga yengil zarba berdi. Uchrashuv bosh hakami kosta-rikalik Xose Kalderon mojaro ishtirokchilarining birortasiga ham ogohlantirish bermay, voqeani jazosiz qoldirdi.

Turnirning ikkinchi turida “Inter Mayami” “Nekaska”ga, “Atlas” esa “Orlando Siti”ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter