Turkiya Demiralning ishi bo‘yicha appelyasiya bera olmaydi
Turkiya CAS’da Merih Demiralning diskvalifikasiyasiga qarshi chiqa olmaydi.
Avvalroq UEFA turkiyalik himoyachini Avstriyada taqiqlangan «bo‘ri salom»i bilan golni nishonlagani uchun 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilgandi.
Turkiya futbol federasiyasi ishni Sport arbitraj sudiga (CAS) topshirmoqchi edi. Endi buni qilish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2 ta yoki undan kam o‘yinga diskvalifikasiya qarorlari CAS’da ko‘rib chiqilmaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/