«Real» tayanch yarim himoyachisi ijaraga berildi
Madridning «Real» klubi tayanch yarim himoyachisi Mario Martin faoliyatini «Xetafe»da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi 1 mavsumga sotib olish shartisiz ijaraga berilgan.
Martin «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «qirollik klubi»ning asosiy tarkibida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/