«Real» futbolchisi Ispaniyaning boshqa klubiga o‘tdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Mario Martin “Valyadolid”ga ijara asosida o‘tdi. Shartnoma 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, deya xabar beradi Madrid klubi matbuot xizmati.
20 yoshli futbolchi «Real Madrid» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yilning yanvarida Ispaniya kubogi bahsida kattalar jamoasi uchun debyut qilgan. Umumiy hisobda u madridliklar bilan to‘rtta uchrashuvda ishtirok etgan.
«Valyadolid» Ispaniya chempionatini «Espanyol» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) bilan boshladi. 25 avgust kuni jamoa mehmonda «Real»ga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/