«Atletik Bilbao» futbolchisi Qatar klubiga o‘tdi
«Atletik» Alvaro Jaloni Qatarning «Al-Garafa» klubiga bir yilga ijaraga berdi.
Qayd etilishicha, 25 yoshli vingerning ijara narxi 3 million yevroni tashkil qiladi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvda majburiy bo‘lmagan sotib olish bandi mavjud.
O‘tgan yili «Atletik» Jaloni Portugaliyaning «Braga» klubidan 15 mln yevroga sotib olgandi. O‘tgan mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/