Rasman. Verratti Qatar klubiga o‘tdi

Qatarning «Al-Arabiy» klubi «PSJ» yarim himoyachisi Marko Verrattining transferini e’lon qildi. Qatarliklar 30 yoshli futbolchi uchun 45 million yevro to‘lashdi.

Verratti «Al-Arabiy» safida 7-raqamli futbolkada o‘ynaydigan bo‘ldi. Italiyalik futbolchi bu klubda sobiq jamoadoshlari Abdu Diallo va Rafinya bilan birga to‘p tepadi.

Verratti 2012 yildan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Manba: bombardir.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter