«Ayaks» «Chelsi» qiziqish bildirayotgan futbolchining narxini ma’lum qildi

«Chelsi» «Ayaks» himoyachisi Yorrel Xatoning transferi ustida ishlashda davom etmoqda.

De Telegraaf nashri potensial transferning yangi tafsilotlarini oshkor qildi. Shu tariqa londonliklar futbolchining narxini bilib olishdi. «Ayaks» rahbarlari futbolchi uchun 50 million yevro olmoqchi.

Xatoning mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining taxminiy bahosi 35 million yevroni tashkil qiladi. Himoyachi «Ayaks» akademiyasi bitiruvchisi.

Umuman olganda, Yorrel Xato Amsterdam klubida 111 o‘yin o‘tkazgan. Ularda niderlandiyalik futbolchi to‘rtta gol urdi. Futbolchida 9 ta golli uzatma ham bor. Niderlandiyalik futbolchi himoyaning chap qanotida ham, himoya markazida ham o‘ynay oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter