«Yuventus» xavbekiga A Seriyaning birdaniga 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda
«Yuventus» markaziy yarim himoyachisi Fabio Mirettiga «Napoli», «Bolonya» va «Jenoa» klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Miretti yozda Turin klubini tark etishga tayyor. U bosh murabbiy Igor Tudorning rejalaridan o‘rin olmagan. Futbolchining narxi 15-20 mln yevro atrofida.
Fabio «Yuventus» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O‘tgan mavsumda Miretti «Jenoa» safida ijara asosida to‘p tepgan edi. U 26 ta o‘yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/