«Manchester Siti» xavbekiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

«Manchester Siti» klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Makeyti Angliya Premyer-ligasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Sky Sports’ga ma’lum bo‘lishicha, 22 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan APL klublari orasida «Nottingem Forest» va «Kristal Pelas» ham bor. Ta’kidlanishicha, «shaharliklar» o‘z iste’dodini 29 million yevrodan ko‘proqqa baholamoqda, ammo ingliz grandi hozircha aniq summani aytmadi.

O‘tgan mavsumda Makati barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter